Sirdaryo viloyati IIBda boshqarma boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov fuqarolarning sektor va Ichki ishlar organlari faoliyati hamda sud-huquq sohasiga doir murojaatlarini qabul qildi
2025-01-19 00:20:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida 15 ga yaqin fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, surishtiruv va tergov sohasiga doir, sektor faoliyati va boshqa masalalarda qilingan murojaatlari tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir koʻrib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olinib, murojaatlar yechimi yuzasidan ariza mualliflariga belgilangan muddat va talablar asosida javob xatlarining yuborilishi tushuntirildi.
Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






