Samarqand viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Sobirjon Abduxomidov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-01-09 09:35:00 / Yangiliklar

Qabul davomida 19 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilib qonun doirasida hal etilishi yuzasidan topshiriqlar berilib, ayrimlarining huquqiy yechimi yuzma-yuz muloqot doirasida tushuntirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









