IIV JXD YHXX boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻrganish ishlarini olib bordi
2025-01-01 14:50:00 / Yangiliklar

Maʼlumki, Boʻstonliqning togʻli hududlaridagi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻlining maʼlum qismida yoʻl-transport hodisalari hamda tirbandliklarning oldini olish maqsadida 2025-yilning 12-yanvar kuniga qadar transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etildi.
Xizmat rahbari tomonidan mazkur togʻli hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar va sohaviy xizmat xodimlariga jamoat tartibini saqlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, xodimlarga hushyor holda xizmat olib borish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, yoʻllarni qordan tozalashda foydalaniladigan maxsus texnikalarning holati va ularning ishga shayligi, qum-tuz aralashmasi zaxiralarining yetarli ekanligi tekshirildi. Yoʻllarni muntazam ravishda qordan tozalash va muzlamalarni bartaraf etish yuzasidan masʼul tashkilotlarga qatʼiy topshiriqlar berildi.









