Samarqand viloyati IIB boshligʻining “Yangi yil bayrami” tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻrganishlari davom etmoqda
2024-12-29 08:30:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatovning viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, hamkor tashkilot va idoralar vakillari bilan birgalikda “Yangi yil archasi” atrofida fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha olib borayotgan oʻrganishlari davom etmoqda.
Bu galgi oʻrganishlar davomida Samarqand shahrida oʻrnatilgan “Yangi yil archalari” atrofida xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida bayram tadbirlarini oʻtkazishda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlar xizmatni oʻzaro hamkorlikda tashkil etishi, ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda boshqa masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









