Buxoro viloyati IIB boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunovning shahar va tumanlar markazida oʻrnatilgan “Prezident archa“lari atrofida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻrganishlari davom etmoqda
2024-12-26 12:55:00 / Yangiliklar

Boshqarma boshligʻi, Buxoro, Kogon hamda Qorovulbozor tumanlarida boʻlib, “Prezident archasi“ ning tegishli meʼyoriy talablar asosida oʻrnatilganligi, xavfsizlikning taʼminlanganligi, qoʻriqlash hamda jamoat tartibini saqlashga oid masalalarni koʻzdan kechirib, xizmatga jalb etilgan xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnomalar berdi.
Shuningdek, jarayonda aniqlangan ayrim kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berdi.
Bu kabi oʻrganish ishlari viloyatning qolgan barcha hududlarida ham amalga oshirilib, yangi yil hamda Prezident archasi tadbirlari davomida xavfsizlik toʻliq taʼminlanadi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









