Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi 18-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida Yangi yil bayrami tashkil etildi
2024-12-26 11:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va maktab pedagogik jamoasi hamda oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov ochib, barcha “Nurli maskan” oʻquvchi va oʻqituvchilarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Oʻquvchilar kelgusida oʻz bilimi va iqtidori bilan Vatan ravnaqiga munosib hissalarini qoʻshishiga ishonch bildirdi. Albatta Yangi yil bayramini bolajonlarning shoʻx-shodon oʻyin-kulgisisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Bayramda Qorbobo va Qorqiz hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan ulashilgan sovgʻalar, turli koʻrinishdagi ertak qahramonlarining chiqishlari bolajonlarga bir olam zavq bagʻishladi. Tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan aytilgan ona Vatanni madh etuvchi sheʼrlar va qoʻshiqlar bayramga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Tadbirda ijro etilgan sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar bolajonlarning bayram kayfiyatini koʻtarib, katta taassurot qoldirdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





