Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida eʼlon
2024-12-25 13:50:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga:
12.00.15 — “Kriminologiya”;
12.00.08 — “Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”;
12.00.14 — Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini taʼminlash. Probatsiya faoliyati” (bir martalik) ixtisosliklari boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayoni boshlandi.
Talabgorlar 2025-yil 15-yanvardan http://daraja.ilmiy.uz elektron platformasi orqali (oʻziga tegishli boʻlgan yagona identifikatsiyalash tizimi One ID bilan) roʻyxatdan oʻtgach elektron shakl (pdf format)da, Kriminologiya tadqiqot Institutiga 2025-yil 15-fevral kuniga qadar barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishlari kerak.
Qabul shartlari:
Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza (bildirgi) (bevosita va yuqori turuvchi rahbarning rozilik bildirgan va imzosi bilan tasdiqlangan holda) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga Yagona elektron tizim (yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali murojaat qiladi:
dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy maqolalar (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha 2 tadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislari);
pasport nusxasi va 2 dona 4x6 shakldagi rasm;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar roʻyxati (imzolangan va maʼlumot uchun muhri bilan tasdiqlangan holda) va ularning nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma (imzolangan va maʼlumot uchun muhri bilan tasdiqlangan holda);
ilmiy rahbardan rozilik xati.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning yakunida ixtisoslik boʻyicha suhbat natijalari va ilmiy tashkilot qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishda dissertatsiya himoyasiga qadar izlanuvchilar:
ixtisoslik hamda chet tili boʻyicha malakaviy imtihon topshirishi;
dissertatsiya boʻyicha umumiy soni 7 tadan kam boʻlmagan ilmiy ish eʼlon qilishi, xususan:
- ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OAK roʻyxatiga kiritilgan nashrlarda chop etilgan boʻlishi;
- dissertatsiya natijalari asosida tayyorlangan kamida 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalari toʻplamida eʼlon qilingan boʻlishi shart.
Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 243-uy. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti.
Murojaat uchun telefon: 71-231-35-97
E-mail: info@uzkti.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti