Oliy taʼlim muassasalarida IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda magistratura tinglovchilari ishtirokida huquqiy savodxonlik uchrashuvlari oʻtkazildi
2024-12-13 10:35:00 / Yangiliklar

Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida oʻtkazilgan tadbirlarda IIV Akademiyasi Magistratura boʻlimining “Boshqaruv fanlari” kafedrasi professori, polkovnik Sh.Qobilov, IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari podpolkovnik Gʻ.Rahmatullayev va podpolkovnik X.Jamolovlar ishtirok yetishdi.
Ishtirokchilar oʻz maʼruzalarida har bir inson umri mobaynida tinimisiz oʻqib-oʻrganishi haqida soʻz yuritdi va barchaga talabalik payti oltin davr, ilm olish davri ekanligini uqtirdilar. Befarqlik va loqaydlik baʼzi bir jinoyatlarning ildiz otishiga sababchi boʻlishini eʼtirof yetildi. Yoshlar uchun tayyorlab kelingan videolavha va slaydlar talabalarni turli xil jinoyatlardan chetda turishga daʼvat etdi.
Shuningdek, professor Sharifjon Qobilov maʼnaviyatning qudrati, taʼsirchan kuchi insonning oʻziga masʼulligi va vijdon amriga bogʻliqligini uqtirdi. Ota- ona orzusi, oila qaygʻusi boʻlmagan insonda vatan tuygʻusi boʻlmasligi ham aniq. Shunday ekan, u Prezidentlarimizning maʼnaviyat bilan bogʻliq fikrlarini keltira turib, barcha talabalarni maʼrifatga oʻqib izlanishga, axloqli boʻlish haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv ishtirokchilari kiberjinoyatlar, internet texnologiyalarni suiisteʼmol qilish orqali sodir boʻlishi, internet orqali oʻgʻirlik kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish va boshqa kiberxavfsizlikka tahdidlar, virus yoki zararli dasturlar orqali tizimga ziyon yetkazish kabi keng tarqalib borayotgan jinoyatlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Eng muhimi talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilib, Vatan tinchligi naqadar buyuk neʼmatligi, hozirda dunyoda roʻy berilayotgan siyosiy jarayonlar, ijtimoiy tarmoqlardagi holatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
IIV Akademiyasi






