Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi
2024-12-08 14:10:00 / Yangiliklar
Unda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, faxriylar hamda ixtisoslashgan oliy oʻquv muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida intellektual oʻyin muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayev soʻzga chiqib, jamoalarni Konstitutsiya bayrami bilan qutladi.
Bilimlar bahsida 43 ta jamoa qatnashdi. Turnir davomida eng yuqori natija qayd etgan 3 ta jamoa sovrindor boʻldi. Shunga koʻra, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi birinchi, Adliya vazirligi markaziy apparati jamoasi ikkinchi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoa aʼzolarining har biri tashkilotchilar va homiylarning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati