Asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichida IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari yuqori oʻrinlarni egallaganligi uchun taqdirlandi
2024-12-07 10:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 562-son qaroriga muvofiq, joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Respublikaning barcha hududlarida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlarining 9-11-sinf hamda kasb-hunar maktablarining 1-2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning II (tuman, shahar) va III (viloyat, shahar) bosqichlari oʻtkazilmoqda.
IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 21 nafar oʻquvchilari 9 ta fan boʻyicha olimpiadaning II tuman bosqichida ishtirok etib, 6 ta fan boʻyicha (fizika, matematika, geografiya, biologiya va davlat va huquq asoslari) fanlaridan 12 nafar oʻquvchilar faxrli 1-2-3-oʻrinlarni egallab, III shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.
Bundan tashqari, ixtisoslik (ingliz tili va tarix) fanlari boʻyicha 5 nafar oʻquvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri III shahar bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.
Joriy yilning 21 — 25-oktyabr kunlari Maktab-internatning 21 nafar oʻquvchilari 9 ta (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya, davlat huquq va asoslari va geografiya) fan boʻyicha asosiy olimpiadaning II tuman bosqichida ishtirok etib, shundan 12 nafari gʻolib boʻlishdi.
Olimpiadaning III shahar bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar joriy yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bazaviy hisoblash miqdorini (BHM) 1-oʻrin uchun 6 barobari miqdorida 2.250.000 (ikki million ikki yuzi ellik), 2-oʻrin uchun 4 barobari miqdorida 1.500.000 (bir million besh yuz), 3-oʻrin uchun 3 barobari miqdorida 1.1250.000 (bir million bir yuzi yigirma besh) ming soʻm va Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati

