IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov Qoraqalpogʻistonda yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha sayyor qabul oʻtkazdi
2024-12-04 10:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimovning Qoraqalpogʻiston Respublikasida sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari oʻrganildi.
Qoʻshimcha oʻrganishlar talab etmaydigan murojaatlar oʻsha joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlarni tegishlicha tartibda, belgilangan muddatda koʻrib chiqish hamda hal etish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi va barcha murojaatlar shaxsan YHXX rahbarining nazoratiga olindi.
IIV JXD Axborot xizmati




