Qirgʻiziston Respublikasi IIV delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati Otliq otryadi hamda Chilonzor tumani “Xuroson“ mahalla fuqarolari yigʻinining “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
2024-11-28 09:40:00 / Yangiliklar

Qirgʻizistonlik mehmonlar dastlab Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati Otliq otryadiga tashrif buyurib, otryad faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonlar otryad xodimlarining faoliyati hamda xizmat otlarining saqlanishi, parvarishlanishi va dori-darmon vositalarining ajratilish holati, xizmat otlarining ommaviy tadbirlarda, koʻcha va jamoat joylarida jamoat xavfsizligini taʼminlash doirasida tayyorlanish darajasi shuningdek, yaratilgan shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishib, otryadning bugungi qiyofasi haqida iliq fikrlar bildirishdi.
Shundan soʻng, qirgʻizistonlik delegatsiya Chilonzor tumani “Xuroson“ mahalla fuqarolari yigʻinining “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, mahalla oqsoqollari bilan suhbatlashib, yaratilgan qulayliklar va oʻzgarishlarga guvoh boʻlishdi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar xususida aholi vakillari bilan suhbatlashildi.
Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.
IIV JXD Axborot xizmati






