Samarqand viloyati IIB boshligʻi Rahmat Mamatov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2024-11-28 09:50:00 / Yangiliklar

Inson manfaatlari oliy qadriyat. Har bir davlat xizmatchisi xalqqa xizmat qilishi kerak degan tamoyil ostida joylarda rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlari tashkil etilmoqda. Buning asnosida yechimi topilmayotgan masalalar ijobiy hal etilib, dillarda umid uchquni porlamoqda.
Viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabuli ham turli mazmundagi masalasiga chora istab kelgan odamlar bilan gavjum boʻldi. Yulduz Muhammadiyeva kiberfiribgarlar qurboni boʻlganini, Toshmuqim Jumayev roʻyxatga kiritish, Rahima Joʻrayeva farzandining ishini Samarqandga koʻchirish masalasida amaliy yordam soʻradi. Dilorom Isroilova esa profilaktika inspektori faoliyatidan noroziligini bildirdi.
Fuqarolarning mavjud masala va muammolariga huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









