Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlar va tinglovchilari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar, butalar ekish ishlarini amal oshirdilar
2024-11-14 10:05:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan ona tabiatni asrash yoʻnalishidagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Loyiha asosida har yili hududlarga millionlab tup daraxt va buta koʻchatlari ekilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi birqator tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, xodimlar va tinglovchilar oʻquv mashgʻulotlaridan soʻng tadbir anʼanalarini davom ettirib, Institut hududlari va atroflari tartibga keltirish hamda 170 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar, butalar ekish ishlarini amal oshirdilar.
Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, institut hududida va atrofini koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti









