Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Raxmat Mamatov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2024-11-06 20:25:00 / Yangiliklar

Tashkil etilayotgan sayyor qabullardan aholi mamnun boʻlishi kerak.
Fuqarolarni qiynayotgan masalalar qonun doirasida oʻz yechimini topishi zarur.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshligʻi Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabulida bu alohida qayd etildi. Unda fuqarolarning ijtimoiy-maishiy mavzudagi muammolari eshitildi.
Boshqarma boshligʻi bildirilgan murojaatlarni atroflicha oʻrganib, mavjud muammolarni ijobiy hal etishni taʼkidladi.
Masʼullarga fuqarolarning mavjud masalasiga beeʼtibor boʻlmasligi, ishga masʼuliyat bilan yondashishi lozimligi keltirildi.
Yuzma-yuz qabulda bayon qilingan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









