Qashqadaryo viloyatida IIV JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi podpolkovnik Hotam Qodirovning hududni oʻrganish boʻyicha ishlari olib borilmoqda
2024-10-18 06:40:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi podpolkovnik Hotam Qodirov Qashqadaryo viloyatida oʻrganishlari davomida boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazi va boshqarma otaligʻidagi Qarshi shahridagi 18-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurdi.
Maktabda imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganib, oziq-ovqat taʼminoti va sifati, oshxona hamda yotoqxona, sinfxona, kutubxonani koʻzdan kechirdi. Soʻngra, videokuzatuv tizimini koʻzdan kechirib, bolalarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, maktab oʻquvchilari oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlar, davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini taʼkidladi.
Oʻrganishlar davomida boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazida boʻlgan podpolkovnik Hotam Qodirov markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy-pedagogik yordam koʻrsatish, bolalarning yoshiga xos boʻlgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtish tavsiyasini berdi.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning hayoti va sogʻligʻini saqlash, ular bilan nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning mohiyatini tushuntirish va oldini olish boʻyicha yakka tartibdagi profilaktika ishlar tashkil etish lozimligini masʼullarga tushuntirdi.
Oʻrganishlar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati






