Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Navbahor-2” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi
2024-10-16 10:15:00 / Yangiliklar

Kosonsoy tumanidagi “Navbahor-2” mahallasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.
Unda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolarning 11 ta turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi va 9 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



