Oʻzbekiston Respublikasi IIVning akademik litseylari va IIVning Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi direktorlari IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi
2024-10-07 14:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedovning 2024-yil 18-sentyabrdagi 311-son farmoyishiga asosan Ichki ishlar vazirligi akademik litsey direktorlari bilan oʻtkaziladigan qisqa muddatli seminar-trening oʻquv mashgʻulotlari dasturi doirasida akademik litsey direktorlari IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga nomzodlar 3 ta bosqich yozma ish (diktant) va umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari hamda test sinovi natijalari orqali ketma-ketlikda qabul kvotasiga muvofiq oʻqishga qabul qilinishi haqida maʼlumot berildi. Mehmonlar oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi, oʻquvchilarning kun tartibi va oʻqishni tamomlagan oʻquvchilarni keyingi taʼlim olish jarayoni va kelajakda ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinishi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati va oʻquv xonalarida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda oʻquv jarayonini tashkil etilganligi bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir soʻngida Ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarix fani oʻqituvchisi Usmonova Matluba Nosirovna tomonidan “Kreativ baholashning oʻziga xos xususiyatlari“ mavzusida trening oʻtkazildi.
IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati





