Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar“ mavzusiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-10-05 10:10:00 / Yangiliklar

Soʻnggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yoʻlida dastur-ul amal boʻla oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Albatta bu yoʻnalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi.
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, viloyat IIB ekspert-kriminalistika boʻlimi, viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir yetilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga
Oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik Gʻ.K.Nabiyev, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik E.R.Soliyev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Xorazm viloyati boʻyicha boʻlimi masʼul xodimi, mayor X.B.Avezov ishtirok yetib yigʻilish ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Yigʻilish soʻngida masʼullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati




