Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan psixologlar ishtirokida “Eng yaxshi psixolog” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi
2024-09-27 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qaroriga muvofiq Ichki ishlar organlarida psixologik taʼminlashning sifat jihatdan samaradorligini yanada oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan psixologlar oʻrtasida sogʻlom raqobatni yaratish orqali yetuk mutaxassis psixolog kadrlar safini yanada kengaytirish yuzasidan yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 1-fevral kunidagi “ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi psixolog” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 57-son buyrugʻiga asosan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan psixolog mutaxassisiga ega boʻlgan xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi psixolog” tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovda dastlab, ishtirokchilarga mazkur tanlov qonun qoidalari tushuntirib oʻtildi.
Shundan soʻng, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari, targʻibot-tashviqot ishlari, trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki bilan tanishildi.
Shu bilan birga, psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qogʻozi, videoroligi namoyishi, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari va tanlov ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlov gʻolibligini qoʻlga kiritgan ishtirokchilar kelgusida tanlovning Respublika final bosqichiga qatnashish yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









