Buxoro viloyati hokimi hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tashabbusi bilan viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumani Markaziy oʻyingohi yangicha qiyofa kasb etmoqda
2024-09-24 07:50:00 / Yangiliklar

Sahifalarimizni kuzatib borayotgan boʻlsangiz, Buxoro viloyati hokimi hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tashabbusi hamda hududiy masʼullarning saʼy-harakati bilan Shofirkon tumanidagi Markaziy stadionda keng koʻlamli rekonstruksiya, qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugun viloyat IIB boshligʻi Shofirkon tumanida boʻlib, mazkur oʻyingohda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan yaqindan tanishdi.
Boshqarma boshligʻi tuman markaziy oʻyingohida olib borilayotgan qayta rekonstruksiya ishlari jarayonini hamda futbol maydoniga sunʼiy chim qoplamasini yotqizish bilan bogʻliq ishlarning borishini koʻzdan kechirib, stadionni tez fursatlarda aholi foydalanishi uchun topshirish yuzasidan mutasaddilarga tavsiya hamda koʻrsatmalar berdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati



