Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Surxondaryo viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda
2024-09-21 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev Surxondaryo viloyatidagi oʻrganish ishlari davomida Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi va Maxsus ekspluatatsiya montaj boʻlimi binosida boʻlib, qurilish ishlari davom etayotgan yangi bino va inshootlardagi jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng, Vazir oʻrinbosari Surxondaryo viloyati IIB JTSB Patrul-post batalyonida boʻlib, maʼmuriy binoni taʼmirlash ishlari bilan tanishdi va masʼullarga bir qator topshiriqlar berildi.
Shu kunning oʻzida general-mayor Bekmurod Abdullayev voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi faoliyatini oʻrgandi. Mazkur joyda saqlanayotgan bolalar bilan, shart-sharoitlar, kundalik mashgʻulotlar haqida suhbatlashildi.
Bundan tashqari, markaz psixologi tomonidan tayyorlangan 8 oylik hisobot namoyishi boʻlib oʻtdi. Shu kunga qadar oilasiga qaytarilgan bolalar, ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirilganlari haqida maʼlumotlar berildi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan markaz xodimlariga “Bolalarni kundalik mashgʻulotlari, tarbiyaviy jarayonlarida ota-onalarini jalb qilish, namunali, ijobiy natijalarga erishgan oila vakillarini ham taklif qilish orqali bu ota-onalarga oʻzlarining tajribasidan kelib chiqib maslahatlar berishni yoʻlga qoʻyish taklif qilindi. Bu esa Surxondaryo tajribasi sifatida tatbiq etilishi taʼkidlandi.
Tadbir davomida Markazda tarbiyalanayotgan bolalardan tashkil topgan “Kelajak sari” loyihasi uchun tayyorlanayotgan jamoaning koʻrgazmali sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Viloyatda oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






