Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabulda viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan aholi murojaatlari koʻrib chiqildi
2024-09-20 13:55:00 / Yangiliklar

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sektor rahbarlari tomonidan joylarda tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullar aholi muammolarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boisi turli yoʻnalishdagi murojaatlar yechimi shu sohaga tegishli mutasaddilar bilan tez va samarali hal etilishi shubhasiz.
Bu galgi ommaviy sayyor qabulda ham viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan fuqarolarning bandlik, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Jarrohlik muolajasi, dori-darmon va davolash profilaktikasi yuzasidan koʻplab muammolar qabul jarayonida mutasaddilar bilan hamkorlikda birlamchi oʻrganildi.
Har bir murojaat qonun doirasida koʻrib chiqildi va bu orqali fuqarolarning bugungi kundan roziligi, ertangi kunga boʻlgan ishonchi taʼminlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati








