Xorazm viloyati IIB boshligʻi polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Urganch tumanida oʻrganishlar olib bordi
2024-09-12 09:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Urganch tumanining “Oyoqbogʻ” mahallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va yashash sharoiti ogʻir boʻlgan 5 ta xonadonda istiqomat qiluvchi aholining muammolarini oʻrganish maqsadida masʼul mutasaddilar ishtirokida uchrashib, muloqotda boʻldi.
Muloqot jarayonida ushbu oilalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand odamlarni doimiy ishga joylashtirish, ularning turmush tarzi va iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati





