IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi oʻquv yili ochilishiga bagʻishlangan “Bilimlar kuni” oʻtkazildi
2024-09-10 11:50:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi bayrami hamda yangi oʻquv yilini ochilishiga bagʻishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri joriy yilning 5-sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazildi. Tadbir ochiq deb eʼlon qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi koʻtarildi hamda madhiya ijro qilindi.
Maktab-internati direktori, polkovnik Sh. Turayev tadbir ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. Oʻz nutqida oʻquvchilar oldida Yangi Oʻzbekistonga sodiq va munosib farzand boʻlish, ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni puxta va mukammal oʻzlashtirish, fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritish, chet tillarini bilish darajasi boʻyicha xalqaro sertifikatlarni olish, yurt uchun xizmat qilishdek ulugʻ va oliyjanob maqsadga intilish, mardlik va fidoyilik bilan el-yurtga sadoqat bilan xizmat qilish kabi vazifalar turganini taʼkidladi.
2023/2024 oʻquv yilida 50 nafar bitiruvchilardan 37 nafari xorijiy tillarni bilish boʻyicha sertifikat bilan oʻqishni tamomlashdi. Shundan: CEFR boʻyicha V-1 — 26 nafar va V-2 — 7 nafar, SAT boʻyicha — 2 nafar, Rus tili boʻyicha — 4 nafar, Milliy — 1 nafar, 1 million dasturchi — 3 nafar va Oʻzbekiston chempioni — 1 nafar.
Xususan, maktab-internatining 17 nafar oʻquvchilari 8 ta (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va geografiya) fan boʻyicha olimpiadaning II tuman bosqichida ishtirok etib, 7 nafar oʻquvchilar faxrli 1-2-3-oʻrinlarni egallab, III shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.
Bundan tashqari, ixtisoslik (ingliz tili va tarix) fanlari boʻyicha 5 nafar oʻquvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri III shahar bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.
2023-yilning 4 — 28-noyabr kunlari Maktab-internatning 12 nafar oʻquvchilari 6 ta fan boʻyicha asosiy olimpiadaning III shahar bosqichida ishtirok etib, shundan 5 nafari gʻolib boʻlishdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori bilan yangi oʻquv yilidan boshlab maktab-internatda qabul oʻrinlari 50 tadan 100 taga oshirilganligi, Oʻzbekiston tarixi, chet tillari va matematika fanlari chuqurlashtirib oʻqitilishi joriy etilganligi, yangi 500 oʻrinli yotoqxona hamda sport majmuasi qurilishi amalga oshirilishi bunga yaqqol misol boʻladi.
Vazirlikning Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2023/2024 oʻquv yilida maktab-internatni jami 50 nafar bitiruvchilardan, 6 nafari imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlashdi. Shuningdek, jami 50 nafar bitiruvchilardan, 33 nafari Ichki ishlar vazirligining idoraviy akademik akademik litseylariga, shulardan 10 nafari “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyiga, 7 nafari esa boshqa fuqarolik litseylarga oʻqishga kirishdi.
Vazirlikning Ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2024/2025 oʻquv yilida jami 112 nafar oʻquvchilar 5-sinfga tanlov asosida oʻqishga qabul qilindi.
Hozirda jami 327 nafar oʻquvchilar tahsil olib kelishmoqda.
Tadbirning badiiy qismida maktab-internati oʻquvchilari mustaqillikni, vatanimizni madh etuvchi sheʼrlar va qoʻshiqlar ijro etishdi. Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi bayrami munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiridan soʻng ustozlar tomonidan oʻquvchilarga “Mustaqillik” darslari oʻtkazildi.
IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati




