Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlari yosh xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
2024-09-09 09:00:00 / Yangiliklar

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlari yosh xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlari ishtirok etishdi.
Ichki ishlar organlari yosh xodimlarining bilimi va dunyoqarashini oshirish, oʻzbek hamda jahon badiiy adabiyotiga boʻlgan qiziqishini uygʻotish intellektual salohiyatini oshirish maqsadida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda har bir soha xizmat, shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlaridan oʻttizga yaqin yosh xodimlar ishtirok etdi.
Koʻrik-tanlovda yosh xodimlar “Buyuk mutafakkir va adib” shartida oʻzbek va jahon adabiyot namoyondalari haqidagi bilimlari, tavsiya etilgan adabiyotlar boʻyicha va tezkor savol-javoblari boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Koʻrik tanlov yakuniga koʻra, 1-oʻrinni Kasbi tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi Xotin qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori kapitan Mashhura Mirzayeva, 2-oʻrinni Gʻuzor tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika inspektori leytenant Ramazon Ortiqov, 3-Shahrisabz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika inspektori kapitan Bobir Nosirov qoʻlga kiritdi.
Tanlov gʻoliblari diplom va pul mukofotlari hamda kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati






