Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida “Bir boʻlsak –yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi
2024-09-05 06:15:00 / Yangiliklar

Yangi oʻquv yili oldidan IIV Samarqand akademik litseyida “Bilimlar kuni” munosabati bilan litsey oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Uni akademik litsey direktori kirish soʻzi bilan ochib, yangi oʻquv yilida akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni tabrikladi.
Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart — sharoitlar hamda ichki tartib — qoidalar bilan tanishtirib oʻtdi.
Tadbirda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Umid Utayev hamda faxriylar ishtirok etib, oʻquvchilarni ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan yuksak vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishi lozimligini taʼkidladi.
Soʻzga chiqqanlar oʻquv dargohining ichki tartib qoidalariga toʻxtalar ekan, oʻquvchilarni tegishli forma, yaʼni, kiyim-bosh kiyib yurish qoidalari xususida gapirib, Vazirlikning amaldagi buyruq talablari asosida oʻgʻil va qizlarning yozgi va qishki kiyinish qoidalari bilan tanishtirib oʻtdi.
Belgilangan tartib va meʼyorlarga amal qilish hamda litsey shaʼni uchun kurashish har bir oʻquvchining burchi ekanligi ham taʼkidlandi.
Tadbir soʻngida oʻquvchilar shaxdam qadamlar bilan saf tortib oʻtishdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati







