Qashqadaryo viloyat IIB boshligʻi Shahrisabz shahar va Shahrisabz tumanida muqobil energiya manbalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi
2024-08-27 23:40:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Abduvohid Ismoilov rahbarligida, Shahrisabz shahar va Shahrisabz tuman sektor rahbarlari, hokimining oʻrinbosarlari, tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar va mahalla “yettiligi” ishtirokida muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish, jumladan, quyosh panellarini oʻrnatishga qaratilgan yigʻilishda ishtirok etdi.
Yigʻilishda, quyosh panellarini oʻrnatish orqali elektr energiyasi va bunga sarflanayotgan mablagʻlarni tejash hamda ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbai bilan toʻliq taʼminlash haqida soʻz bordi.
Shuningdek, quyosh panellarini oʻrnatish uchun berilayotgan imtiyozlar hamda ishlab chiqarilgan va oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi xususida ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









