Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri doirasida targʻibot tadbirlari olib borilmoqda
2024-08-14 09:00:00 / Yangiliklar

Respublikamiz hududida joriy yilning 3-avgust kunidan 5-sentyabr kuniga qadar “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qoʻshma Qarorga asosan Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari tomonidan jamoat transportlarida, jamoat joylarida, shohbekatlarda, bozorlarda, aholi gavjum joylarda, fuqarolarning xonadonlarida, korxona va tashkilotlarda, koʻcha va xiyobonlarda fuqarolarimizni ushbu turdagi jinoyatlar qurboniga va subyektiga aylanib qolmaslik yuzasidan targʻibot va profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Ushbu targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarimiz himoyalanish maqsadiga qaratilgan ogohlik va hushyorlikka chorlovchi bannerlar, tarqatma bukletlar tarqatilib, targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Ushbu oylik doirasida, vohamiz mehmonlari va fuqarolaridan hushyorlik va ogohlik talab etilgan holda faol ishtirok etishlari soʻraladi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





