IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti rahbariyati ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi
2026-07-02 07:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti rahbariyati tomonidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmati hamda shahar-tuman Qoʻriqlash xizmatlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xizmat faoliyatida qonun ustuvorligini taʼminlash hamda xodimlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, xodimlarga kasbiy madaniyat, odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish, xizmat intizomini yanada mustahkamlash, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda boʻlish hamda fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va masʼuliyatni oshirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida har bir xodim zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi, xizmat faoliyati davomida qonun talablariga qatʼiy amal qilishi hamda jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni saqlash muhim ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






