Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – yurt tayanchi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
2026-06-30 11:00:00 / Yangiliklar

Har qanday yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʻlishi yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtibor darajasiga chambarchas bogʻliq.
Shu maʼnoda Yangi Oʻzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishidan biri hisoblanadi. Bu haqda, “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – yurt tayanchi” mavzusidagi maʼruzada soʻz yuritildi.
Maʼruzachi yigʻilganlar diqqatiga 2023-2025-yillar davomida yoshlarga oid qonunlarning hududlardagi ijro holati, davlat dasturlari, Prezident farmoni va qarorlarining ijrosini oʻrganish maqsadida 15 ga yaqin nazorat-tahlil faoliyati amalga oshirilib, taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilgani, mahalliy kengashlar bilan qoʻshma qarorlar qabul qilinib ijroga qaratilgani hamda bu boradagi boshqa amaliy ishlar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.
Tadbir davomida, Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB profilaktika inspektori, Baxtiyor Muhammadaliyev, Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida oʻtkazilgan “Xorijiy tillar bilimdoni” Respublika tanlovida faxrli 2-oʻrinni egallagani eʼlon qilinib, pul mukofoti vaucheri tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur tanlov yosh xodimlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni izlanish va rivojlanishga undash yoʻlidagi muhim tadbirlardan biri boʻldi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









