Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qamashi tumani “Berdoli” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi
2024-08-09 14:45:00 / Yangiliklar

Xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash, fuqarolarning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qamashi tumani “Berdoli” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.
Yuzma-yuz ochiq muloqot tarzda oʻtgan sayyor qabulda fuqarolarning 11 ta jumladan, ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tergov va surishtiruv ishlariga oid va boshqa murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilgan boʻlsa, ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Jarayonda ilk fuqarolik hujjati olayotgan 6 nafar yoshlarga ID-kartalar berildi.
Oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olinib, masʼullarga yuklatildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad inson qadri ustuvor darajaga koʻtarilgan jamiyatimizda fuqarolarning kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammolarni joyiga borib bartaraf etib, ularni hayotda rozi qilishdir.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









