Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Qoʻshrabot tumanida yigʻilish oʻtkazdi
2024-08-09 12:15:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Qoʻshrabot tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshligʻi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan tuman IIB boshligʻi lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Xaydarov Amir Oʻktamovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati







