Yoz oʻtmoqda soz. Yoshlar bilan uchrashuv
2024-08-07 20:00:00 / Yangiliklar

Viloyat IIB boshligʻi, podpolkovnik I.Tursunov Vobkent tumanidagi “Porloq kelajak” bolalar oromgohida tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekistonning vatanparvar yoshlari lageri” oʻquv yigʻiniga jalb etilgan 14-16 yosh toifasidagi voyaga yetmaganlar bilan uchrashdi.
Oʻquv yigʻinida yosh toifasiga koʻra 25 nafardan 4 guruhga boʻlinib, ular bilan tasdiqlangan oʻquv jadvali va kun tartibi asosida IIV Akademiyasi oʻqituvchi-murabbiylari tomonidan mashgʻulotlar olib borildi.
Shu kuni 16 yoshli bolalardan tarkib topgan jamoalar oʻrtasidagi oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari boshqarma boshligʻi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
©️ “Postda” gazetasi, J.Bekmurodov, podpolkovnik. Buxoro viloyati.
