IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti ishchi guruhi Namangan viloyatida amaliy oʻrganishlar olib bormoqda
2026-06-04 11:35:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra respublikamizda Qoʻriqlash faoliyatini takomillashtirish, sohaga innovatsion gʻoyalarni keng joriy etish, yangi xizmat turlarini tashkil etish orqali fuqarolarga qulayliklar yaratish, shuningdek hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida Qoʻriqlash departamenti rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida amaliy ishlarni olib bormoqda.
Jumladan Qoʻriqlash departamenti boshligʻi Qobil Shodibekov tomonidan Qamchiq dovoni, Namangan viloyatidagi bozorlar, mahallalar, tarixiy obidalar va huquq-tartibot maskanlarida oʻrganish ishlari olib borilib, mavjud xavfsizlik holati, Qoʻriqlash tizimi samaradorligi hamda joylardagi muammolar atroflicha tahlil qilindi. Hududlarga SOS-tashvish tugmalari oʻrnatish boʻyicha topshiriqlar berildi va amaliy ishlar boshlandi.
Tadbirlar davomida aholi va tadbirkorlar ochiq muloqotlar oʻtkazilib, ularga mulklarni ishonchli qoʻriqqa topshirishning afzalliklari, zamonaviy qoʻriqlash xizmatlari imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlandi.
Oʻrganish jarayonlarida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur chora-tadbirlar orqali joylarda xavfsizlikni yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda aholi bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirishga erishilmoqda.
IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti Axborot xizmati



