Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Pop tumanidagi 7552-sonli harbiy qismi faoliyatini oʻrgandi
2024-07-20 07:25:00 / Yangiliklar

Boshqarma boshligʻi tomonidan viloyat hududi boʻylab ichki ishlar organlariga qarashli boʻlgan obyektlar, soha xizmatlar va u yerdagi xodimlarning faoliyati doimiy oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.
Jumladan, navbatdagi oʻrganish manzili Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qoravul qoʻshinlari 7552-sonli harbiy qism boʻlib, harbiy xizmatchilar va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish davomida xodimlar uchun yangi qurilayotgan «Maʼnaviyat markazi», shuningdek, oshxona, avtosaroy va boshqa binolar koʻzdan kechirilib, «Maʼnaviyat markazi» binosini tez muddatda bitkazish hamda foydalanishga topshirish yuzasidan masʼul rahbarlar bilan tashkiliy masalalar kelishib olindi. Shu bilan birga, harbiy qism rahbarlariga xodimlarni xizmat vaqtida qonuniylikka qatʼiy amal qilishi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Bu kabi oʻrganishlar tizimning barcha sohalarida olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






