Ilmiy unvon muborak!
2024-07-16 12:15:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Rasulev Ulugʻbek Erkinovich va Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Axmedov Islom Baxtiyorovich uzoq yillar oʻz ish faoliyati davrida izlanuvchanligi, oʻz vazifasiga sidqidil va masʼuliyat bilan yondashishi hamda yangilikka intiluvchanligi bilan eʼtiborga molik boʻlgan xodimlardan. Ular tinglovchilarga bilim berishda turli samarali usullardan foydalanadi hamda oʻqitishning xalqaro tajribalarini qoʻllaydi, shu asnoda shogirdlari ishonchini qozonadi.
Polkovniklar Rasulev Ulugʻbek Erkinovich va Axmedov Islom Baxtiyorovichlarga ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlaridagi koʻp yillik mehnati, ilmiy faoliyati va jamoada samarali mehnatini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan «Dotsent» ilmiy unvoni berildi.
Shu munosabat bilan institutning navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsida institut boshligʻi, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan ularga dotsentlik diplomi topshirildi va Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishdagi kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati


