Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqoʻrgʻon shahrida sayyor qabul oʻtkazdi
2024-07-06 11:00:00 / Yangiliklar
Oʻgʻirlik jinoyatini fosh etishda yordam, firibgarlik, tergov faoliyati, probatsiya nazoratidan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etish, ichki ishlar organlariga ishga kirish.
Viloyat IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatovning Kattaqoʻrgʻon shahrida xalq qabulxonasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida oʻtkazilgan aholi bilan sayyor qabulida shu kabi murojaatlar bildirildi.
Boshqarma boshligʻi fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlarini tinglar ekan, bu orqali odamlarni qiynayotgan muammolarga yechim topilishi, shuningdek, kelgusida ana shunday holatlarning oldini olishga ham erishishni alohida qayd etdi.
Mamadiyor Norboboyev oʻz yashash xonadonidan qarindoshlarini roʻyxatdan chiqarish, Savlat Ergashev pul oldi-berdisi, Sayyora Egamova oʻgʻrilik jinoyati bilan bogʻliq masalalarga yechim topish uchun sayyor qabuldan najot istab kelishdi.
Ularning murojaatlari oʻrganilib, qonun doirasida koʻrib chiqilish tushuntirildi.
4 nafar probatsiya nazoratidagi shaxslarning arizalari qanoatlantirilib, ijobiy hal etildi.
Qabul doirasida 4 nafar yoshlarga ID-kartalar topshirildi. Xalq bilan muloqot, ularning dard-u tashvishini tinglash asnosida mushkulini oson qilish mamlakatimizning ravnaqiga, yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini taʼminlashda muhim omil boʻladi. Zero, sayyor qabullarda bildirilayotgan murojaatlar oʻrganilib, ularning ijrosi amalda taʼminlanayotgani ham ayni haqiqat.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati