Asosiy kontentga o'tish

Kibermadaniyatni yuksaltirish davr talabiga aylanmoqda

2024-07-05 07:40:00 / Yangiliklar

Kiberjinoyatlarning oldini oldini olish, aholini hushyorlikka chaqirish maqsadida respublikamiz boʻylab «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» oʻtkazilmoqda.

Afsuski, soʻnggi vaqtlarda internet firibgarlariga aldanib qolayotgan yurtdoshlarimiz soni oshib bormoqda. Ishonuvchanligi oqibatida katta mablagʻidan ayrilayotganlar fikrimizga misol. Shu maʼnoda targʻibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi

Navbatdagi tadbir Jomboy tumanida oʻtkazildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik boʻlimi vakillari ishtirok etgan tadbirda kiberjinoyatlarning turlari, virusli dasturlar, xakerlik hujumlari, plastik kartalardan pul oʻgʻirlash kabi mavzular boʻyicha tushunchalar berildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

265

Oxirgi yangilanish: 2024-07-05 23:53:27

Kibermadaniyatni yuksaltirish davr talabiga aylanmoqda