Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Avduvoxid Ismoilovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2024-07-02 09:00:00 / Yangiliklar

Qarshi shahar Davlat xizmatlari binosida Qashqadaryo viloyati sektorlari rahbarlarining fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot orqali ularning muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Boʻlib oʻtgan sayyor qabulda viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Avduvoxid Salomov 18 nafar fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.
Murojaatlar asosan, ichki ishlar organlarining tergov va surishtiruv harakatlarining olib borilishi, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirishga doir masalalardan iborat boʻldi.
Qabul qilingan murojaatlarning ayrimlari ijobiy hal qilingan boʻlsa, oʻrganish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar masʼullarga biriktirilib, qonuniy hal etish topshirigʻi berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





