Namangan viloyatida “Yashil chiroq” musobaqasi bosqichining gʻolib jamoasi aniqlandi
2024-06-14 10:00:00 / Yangiliklar

Musobaqaning mintaqaviy bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 4ta jamoalar ishtirokida oʻtkazilgan viloyat bosqichi qizgʻin jarayonlar, murosasiz bahslarga boy oʻtdi.
Chust tumanining “Qalqon”, Norin tumanining “Yosh targʻibotchi”, Namangan tumanining “N-Yosh targʻibotchi” va Kosonsoy tumanining “Piyodalar” jamoalari oʻzlarining yoʻl harakati xavfsizligiga daxldor bor bilimlari, imkoniyat hamda isteʼdodlarini namoyon etishdi.
Ishtirokchilar har bir shartni imkon qadar mukammal tarzda bajarishga harakat qilishdi. Yakuniy natijalarga koʻra Kosonsoy tumanining “Piyodalar” jamoasi eng yuqori ball bilan musobaqaning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
Musobaqa yakunida gʻolib hamda ishtirokchilarga diplom, esdalik sovgʻalari va kitoblar toʻplami taqdim etildi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati





