“Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla” nominatsiyasi Qashqadaryo viloyat bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi
2024-06-13 16:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida» 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning may iyun oylari davomida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Viloyat IIB JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari mayor M.B.Telyayev mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, davlat va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdi.
Tanlov natijalariga koʻra, Viloyatning Shahrisabz tumanidagi “Qiyomshayx” mahalla fuqarolar yigʻini “Yettiligi” birinchi oʻringa, Gʻuzor tumanidagi “Zarbdor” mahalla fuqarolar yigʻini “yettiligi” ikkinchi oʻrinni hamda Muborak tumanidagi “Quruvchilar” va Nishon tumanidagi “Obi hayot” mahalla fuqarolar yigʻini “yettiligi” uchinchi oʻrinlarga munosib deb topildi. Ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari va maxsus diplomlar topshirildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati