Andijon viloyati IIB boshligʻi “Yoshlar kuni” doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi
2026-02-26 18:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot hamda boshqa bir qator tadbir tashkil etilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasida saqlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, ularning murojaat va muammolari yaqindan oʻrganildi.
Uchrashuvda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar hamda qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Tadbirda 5 nafar yoshlar ishga joylashish, 7 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlash, 6 nafari kredit mablagʻlari ajratish va boshqa turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirdi.
Ushbu murojaatlar masʼullar ishtirokida koʻrib chiqilib, tez fursatlarda hal etish choralari koʻriladigan boʻldi.
Muloqot jarayonida boshqarma boshligʻi tomonidan yoshlarga qayta huquqbuzarlik sodir etmaslik, qonunlarga hurmat bilan yondashish hamda hayotda toʻgʻri yoʻl tanlash zarurligi yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









