Jizzax viloyati IIB boshligʻi general-mayor Gʻayrat Qodirov jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qildi
2024-06-08 12:00:00 / Yangiliklar

Shaxsiy qabulda 35 ga yaqin kishi boshqarma boshligʻidan muammolarini hal etishda koʻmak soʻrashdi.
Xususan, moddiy yordam, ish haqini undirish, xizmat joyini koʻchirish, subsidiya olish, ishga joylashish, pullarini undirish, qarzlarini qaytarish, qonunbuzarni javobgarlikka tortish, zararni qoplash hamda firibgarlikka oid masalalarga yechim izlandi.
10 nafar yoshlar esa ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirishdi.
Muloqot davomida koʻtarilgan 35 dan ziyod muammolarni bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha masʼullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati





