Surxondaryoda sportning stol tennisi turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasiga start berildi
2026-02-16 15:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 15-fevral kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida sportning stol tennisi turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasiga tantanali ravishda start berildi.
Musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad — ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda jismoniy faollikni tizimli va samarali tashkil etishdan iborat.
Musobaqada vazirlikning tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalari terma jamoalari oʻzaro kuch sinashmoqda. Sportchilar dastlab qura tashlash orqali oʻz raqiblarini aniqlab oldilar va qizgʻin bellashuvlarga kirishdilar.
Mazkur musobaqada; 21 ta jamoa, jami 65 nafar xodimlar ishtirok etmoqda. Har bir jamoa gʻalaba uchun astoydil harakat qilib, yuqori sport mahoratini namoyon etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Shu jihatdan, “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi nafaqat sport bellashuvi, balki xodimlarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qilayotgan muhim tadbir hisoblanadi.
Musobaqa davomida kuchli va mahoratli jamoalar saralanib, gʻoliblar munosib taqdirlanishi kutilmoqda.









