Andijon viloyatining Andijon, Paxtaobod hamda Izboskan tumanlarining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi
2024-05-28 12:10:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida tashkil etilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinlari borgan sari qizgʻin tus olmoqda.
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan bu galgi “Zakovat” intellektual oʻyinlarida Andijon, Paxtaobod hamda Izboskan tumanlarining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlardan iborat jamoalar qatnashdilar.
Oʻtkazilgan oʻyin natijalariga koʻra, Andijon tumanining “Parlament”, Paxtaobod tumanining “Remontada” hamda Izboskan tumanining “Zukkolar” jamoalari gʻolib boʻlishib, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Ushbu gʻolib jamoalar ham “Zakovat”intellektual oʻyinining viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldilar.
“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida 3-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinlarining shahar-tuman bosqichlari davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati



