Asosiy kontentga o'tish

«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi

2024-05-25 14:15:00 / Yangiliklar

Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladigan Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.

Aholining yagona elektron reyestri Oʻzbekiston fuqarolari, Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi.

Reyestr tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sugʻurta va boshqa ommaviy xizmatlarni koʻrsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi.

275

Oxirgi yangilanish: 2024-05-25 14:02:32

«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi