Jizzax viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-01-27 09:00:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida 30 ga yaqin fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan koʻtarilgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy masalalar sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqildi.
Bir necha yoshlar esa IIOda xizmat qilish istagini bildirishdi.
Shaxsiy qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
Qoʻshimcha oʻrganish, hujjatlarni tahlil qilishni hamda qonuniy qaror qabul qilish uchun muayyan vaqt talab etgan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituvga olindi.
Jizzax viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi. Qabul jarayonida 30 ga yaqin fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan koʻtarilgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy masalalar sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqildi.
Bir necha yoshlar esa IIOda xizmat qilish istagini bildirishdi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









