Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2026-01-23 09:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi hamda Prokurori Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, qizil toifaga kiritilgan Nurobod mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida masʼul rahbarlar mahalla yettiligi aʼzolari bilan uchrashib, ular tomonidan hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlash va ularni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mahallada jinoyatchilikka olib kelayotgan omillar tahlil qilindi.
Suhbat jarayonida viloyat prokurori va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda har bir murojaatni oʻz vaqtida hal etish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Tashrif yakunida joylarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallada xavfsiz muhitni taʼminlash hamda “qizil toifa”dan chiqarishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






