Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Boʻston tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot oʻtkazilib ularni qiynayotgan muammo va takliflari tinglandi
2026-01-23 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21-yanvar kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Boʻston tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlarning kundalik hayoti, taʼlim olish jarayonlari, kasbga qiziqishlari hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan choralar ham muhokama qilindi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir masala masʼullar ishtirokida atroflicha oʻrganilib, ularning aksariyati shu joyning oʻzida hal etildi.
Ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy-huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamda ularni sogʻlom hayotiy qarashlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Uchrashuv-muloqot yakunida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilib, koʻpchilik yoshlarning bandligini taʼminlash choralari koʻrildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









